09:28 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
122 0 0

Qayd etilishicha, isitish davrining bir kuniga 1 kv.m isitish maydoni uchun tarif 142 soʻm miqdorida belgilandi.

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Toshkent shahrida markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun isteʼmolchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuniga 1 kv.m isitiladigan maydon hisobida toʻlash tizimiga oʻtkaziladi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” matbuot xizmati xabar qildi.

Bu  Oʻzbekiston prezidentining 2019 yil 2 dekabrdagi tegishli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

“2020-2021 yillar isitish mavsumidan boshlab, markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun isteʼmolchilar bilan hisob-kitob, isitish davrining bir kuniga isitish maydonining 1 kv.m uchun hisob-kitob toʻlov tizimiga oʻtkaziladi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, isitish davrining bir kuniga 1 kv.m isitish maydoni uchun tarif 142 soʻm miqdorida belgilandi.

Isitish mavsumining boshlanishi Toshkent shahar hokimining qarori bilan belgilanadi. Qolgan tariflar avvalgi darajada qoladi.

Asosiy mavzular