22:27 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
1596 0 0

Rossiyalik shifokor Larisa Alekseyeva koronavirusdan himoyalanishdagi “eng xavfli predmet” nima ekanini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Koronavirus pandemiyasi vaqtidagi eng xavfli predmet notoʻgʻri foydalanilayotgan oddiy niqobdir.

“Bizda men ularni niqobni samarasiz taquvchilar deb ataydigan kishilar juda koʻp. Ular bitta bogʻichdan 10-15 kunlab foydalanishadi, baʼzan undan ham koʻproq. Bunday kishilarga noqulay boʻlganda ular shunchaki kaftlari bilan ushlab, yigʻishtirib choʻntaklariga solib qoʻyishadi”, - dedi terapevt Larisa Alekseyeva.

Oʻzbekistonda "maska rejimi" bekor qilingani yoʻq. Biroq koʻpchilik niqobsiz koʻchaga chiqmoqda

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, keyin ular oʻsha qoʻllari bilan yuzlarini ushlashadi. Soʻngra yana oʻsha niqobni taqib uyga kelishadi va u yerda virus issiq va nam joyda faollashadi.

Alekseyeva bu juda xavfli ekanini alohida urgʻuladi.

Mutaxassis ishlatilgan niqoblarni nima qilish kerakligini tushuntirdi

Shifokor niqobdan foydalanish qoidalarini eslatib oʻtdi: bitta niqobni ikki soatdan ortiq taqmaslik kerak, yuzga teginmagan holda yechib olish va zich yopilgan paketda tashlab yuborish kerak.

Mutaxassisning fikriga koʻra, boshqa ehtiyotkorlik choralari haqida ham unutmaslik lozim: oʻramdagi mahsulotlarni yuvish, kuryer keltirgan paketlarga antiseptik bilan ishlov berish hamda kiyim-kechak va poyabzal haqida ham unutmaslik lozim – ularda ham uyga virus “olib kelish” mumkin.

Asosiy mavzular