O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 59 mingga yaqinlashmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja
V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan tun davomida yana 172 kishida koronavirus aniqlandi. Hududlar kesimida eng ko‘pi Jizzax viloyatida qayd etildi.

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 172 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 58 859 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Personal v maskax vo vremya otdixa na Pekinskom mejdunarodnom avtoshou - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19 dan himoyalanishdagi “eng xavfli predmet” aytildi

Yangi kasallanganlarning 38 nafari Jizzax viloyatida, 34 nafari Toshkent shahrida, 30 nafari Toshkent viloyatida, 24 nafari Buxoro viloyatida, 14 nafari Andijon viloyatida, 11 nafari Samarqand viloyatida, 10 nafari Surxondaryo viloyatida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,  5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar 483 nafarni tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 55 318 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 058 nafar bemor davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0