13:54 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)
708 0 0

Rossiyalik virusolog, "Vektor" markazi laboratoriyasining sobiq mudiri Aleksandr Chepurnov COVID-19 COVID-19 infektsiyasini takroran yuqtirib olish vaqtini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. Virusolog, "Vektor" markazi laboratoriyasining sobiq mudiri Aleksandr Chepurnov "Ura.ru" portaliga bergan intervyusida koronavirus infektsiyasidan forigʻ boʻlgan kishilarda bu infektsiyaga qarshi immunitet taxminan 6 oy davom saqlanib turadi, degan taxminni aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Unga koʻra, COVID-19 dan tuzalgan bemorlarda 3-4 oy ichida antitanachalar butunlay yoʻqolguncha kamayadi. Shu bilan birga, 5-6 oyga kelib, hujayra immuniteti koronavirus antigeniga javob berishni toʻxtatadi.

“Aprel va may oylarida kasal boʻlganlar 6 oydan keyin yana yuqtirish xavfi ostiga tushadi”, - deydi Chepurnov.

Mutaxassis kasal boʻlganlar sonining koʻpayishi koronavirusga qarshi immunitetni shakllantirishga yordam bermaydi, deb hisoblaydi.

"Kasal boʻlganlar yordamida jamoaviy immunitetni shakllantirishga endi umid yoʻq. <...> Bugun buning amalga oshirish imkoni yoʻqligi oydin boʻldi", - deydi virusolog.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)

Asosiy mavzular