00:24 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
156 0 0

Punktlarga koʻchalar, maydonlar, istirohat bogʻlari, vokzallar, aeroportlar va boshqa jamoat joylarida mastlik holatida boʻlgan shaxslar olib boriladi.

TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. “Mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish punktlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori umumiy muhokamaga qoʻyildi.

Hujjatga mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish punktlari toʻgʻrisidagi nizom ilova qilingan.

“mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish punktlari – mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatishga moʻljallangan narkologik, shuningdek umumiy somatik davolash-profilaktika muassasalarining ixtisoslashtirilgan boʻlinmalari”, - deyilgan hujjatda.

Tibbiy yordam koʻrsatish punktlarining asosiy vazifalari hisoblanadi: mastlik holatida boʻlgan shaxslarni qabul qilish va saqlash; mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish; mastlik holatida boʻlgan shaxslarni hushyor holatga kelgandan soʻng chiqarib yuborish.

Hujjatda qayd etilishicha, tibbiy yordam koʻrsatish punktlari oʻz zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalariga muvofiq, quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

a) mastlik holatida boʻlgan shaxslarni qabul qilish va saqlash boʻyicha:

mastlik holatida boʻlgan shaxslarni kecha-kunduz qabul qilish va tegishli tartibda roʻyxatga olish;

b) mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha:

tibbiy yordam koʻrsatish punktlariga olib kelingan shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

tibbiy yordam koʻrsatish punktlariga olib kelingan shaxslarda yaqqol ogʻir xastaliklar aniqlangan taqdirda ularni tegishli davolash-profilaktika muassasasiga yuborish;

mastlik holatida boʻlgan shaxslarni hushyor holatga keltirish hamda ularga tibbiy yordam koʻrsatish;

v) mastlik holatida boʻlgan shaxslarni hushyor holatga kelgandan soʻng chiqarib yuborish boʻyicha:

mastlik holatida boʻlgan shaxs hushyor holatga kelganidan soʻng uni darhol tibbiy yordam koʻrsatish punktidan chiqarib yuborish;

mastlik holatida boʻlgan shaxs hushyor holatga kelgandan soʻng tibbiy yordam koʻrsatish punktidan chiqarib yuborish vaqtida undan olib qoʻyilgan narsalarni qaytarish.

Tibbiy yordam koʻrsatish punktlariga koʻchalar, maydonlar, istirohat bogʻlari, vokzallar, aeroportlar va boshqa jamoat joylarida mastlik holatida boʻlgan shaxslar olib boriladi.

Asosiy mavzular