00:17 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
182 0 0

Ruxsatnoma 2020 yil 1 avgustdan boshlab Urganch aeroportida joriy qilingan “Ochiq osmon” rejimi asosida berilgan.

TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. Qozogʻistonning “SCAT” aviakompaniyasi Aqtau – Urganch - Aqtau yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Oʻzaviatsiya” agentligi “SCAT” aviakompaniyasiga 2020 yil 2 oktyabrda  Aqtau – Urganch - Aqtau yoʻnalishi boʻyicha  muntazam  parvozlarni  amalga  oshirishga  ruxsatnoma  berdi.

Ruxsatnoma 2020 yil 1 avgustdan boshlab Urganch aeroportida joriy qilingan “Ochiq osmon” rejimi asosida berilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston va Qozogʻiston aviakompaniyalari vakillari Urganch va Aqtau oʻrtasida muntazam reyslarni yoʻlga qoʻyish masalasini muhokama qilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular