23:22 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
147 0 0

Oʻzbekistonning ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun ishlab chiqildi. U bilan sovuq qurol olib yurganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda sovuq qurol olib yurganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonning ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun ishlab chiqildi. Shu asosda Jinoyat kodeksining 104 va 105-moddalarining ikkinchi qismidagi bandlar oʻzgartirilmoqda.

Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 14, 245, 287-moddalari toʻldirilib, kodeksga yangi 185-2 va 185-3-moddalari qoʻshilmoqda.

Xususan, 185-2-moddaning birinchi qismida fuqarolar tomonidan jamoat joylarida, shahar, shahar atrofiga qatnovchi, shaharlararo va xalqaro transportda kasbiy yoki sport faoliyati yoxud maishiy maqsadlarda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ochiq holda (gʻilofsiz) olib yurganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima jazosi belgilanmoqda.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida kasbiy yoki sport faoliyati yoxud maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bogʻliq boʻlmagan holda sovuq qurol yoxud sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan, sport va xoʻjalik-maishiy maqsadlar uchun moʻljallangan ashyolarni jamoat joylarida olib yurganlik uchun huquqbuzarlik ashyosini musodara qilib, BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima jazosi belgilanishi nazarda tutilmoqda.

Ushbu moddaning uchinchi qismida oʻzini oʻzi himoya qilish maqsadida fuqaroviy qurolni (bundan oʻzini oʻzi himoya qilish quroli mustasno), sovuq qurolni hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan, sport va xoʻjalik-maishiy maqsadlar uchun moʻljallangan narsalarni olib yurish uchun huquqbuzarlik ashyosini musodara qilib, BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olish bilan bogʻliq javobgarlik kiritish koʻzda tutilmoqda.

Taʼkidlanishicha, qonunning maʼqullanishi sovuq qurol, sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan boshqa ashyolar, shuningdek pichoqdan foydalangan holda sodir etilishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarning kamayishiga xizmat qiladi.

Asosiy mavzular