13:22 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
659 0 0

Zanjabil koronovirus infektsiyasida asosiy dori vositalar bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin, lekin bir oʻzi monoterapiya sifatida yordam bermaydi.

TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing oʻtkazildi. Unda koronavirus infektsiyasi haqida aholi savollariga javob qaytarildi.

Abdusamatova koronavirusni davolashda zanjabilni dorilar oʻrnida qabul qilsa boʻladimi degan savolga javob berdi.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, zanjabil ilmiy tibbiyotda keng ishlatiladi. Zanjabilning juda koʻp foydali xususiyatlari boʻlganligi sababli nafaqat maza berish, balki davolovchi oziqa sifatida ham ishlatiladi. 

Zanjabil ildizi tarkibida koʻplab: S, V1, V2 guruh vitaminlar, mineral moddalar:  alyuminiy, kaliy, kaltsiy, temir, marganets, fosfor, kapril, nikotin va linol kislotalari mavjud.  Uning taʼsir qiluvchi moddalari shogaol va gingerol hisoblanadi. 

Bu moddalar antioksidant, yalligʻlanishga qarshi, oʻsmalarga qarshi, antimutagen va boshqa xususiyatlarga ega.

Taʼkidlanishicha, izlanishlar zanjabil ildizining spirtli ekstrakti pnevmoniya va boshqa yuqori nafas aʼzolarining yalligʻlanish kasalliklarida foyda berishini koʻrsatgan. Lekin uni ham meʼyorida isteʼmol qilish zarur, chunki u bolalarda, homiladorlarda allergiyani keltirib chiqarishi mumkin. 

“Zanjabil koronovirus infektsiyasida asosiy dori vositalar bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin, lekin bir oʻzi monoterapiya sifatida  yordam bermaydi”, - dedi mutaxassis.

COVID-19 dan himoyalanishdagi “eng xavfli predmet” aytildi

Asosiy mavzular