12:51 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
640 0 0

Ertaga respublikaga Ural hududidan quruq, ammo sovuq oqim kirishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha ayrim joylarda shamolning tezligi oshadi.

TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. Oʻzgidromet haftalik ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

5 oktyabr kuni Oʻzbekistonda ob-havo kam bulutli va ochiq boʻladi, harorat iqlimiy meʼyorlardan biroz past boʻlib 20-25 darajani tashkil qiladi.

Kechqurun mamlakat hududining katta qismida bulutlilik ortib, respublikaning shimoli-gʻarbiy tumanlarida shamol kuchayib 15-20 m/s gacha tezlikda esadi.

Ertaga respublikaga Ural hududidan quruq, ammo sovuq oqim kirishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha ayrim joylarda shamolning tezligi oshadi. Tunda hali iliq, 7-12 daraja atrofida boʻladi, kunduzi esa sovuq kirishi sababli harorat 15-20 darajagacha pasayadi, bu koʻrsatkich kun meʼyoridan 4-6 darajaga pastdir. Togʻoldi va togʻli hududlarda ayrim joylarga yomgʻir yogʻishi mumkin.

7-10 oktyabrda Oʻzbekiston hududi atmosferadagi shimoliy havo oqimlari taʼsirida boʻladi. Tungi harorat 3-8 darajagacha, shimolda 0-5 darajagacha pasayadi. Bunday past tungi haroratlar haftaning oxirigacha saqlanib turadi.

Kunduzgi harorat 7-8 oktyabrda 17-22 darajani, 9-10 oktyabrda 15-20 darajani tashkil qiladi.

Asosiy mavzular