O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan chegarasi odatdagidek qo‘riqlanmoqda

© © SputnikPogranichniy punkt, arxivnoe foto
Pogranichniy punkt, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston chegara idorasi Qirg‘iziston bilan chegarani odatdagi rejimda nazorat qilmoqda. Qo‘shimcha kuch va vositalar jalb qilinmagan

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekiston chegara idorasi Qirg‘iziston bilan chegarani odatdagi rejimda nazorat qilmoqda. Bu haqda RIA Novostiga O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlari vakili ma’lum qildi.

“Hozirda chegaralarni qo‘riqlash rejimi odatdagidek amalga oshirilmoqda. Qo‘shimcha kuch va vositalar jalb qilinmagan. Vaziyat nazorat ostida”, - dedi chegara idorasi vakili.

5 oktabr kuni Bishkekning markaziy Ala-Too maydonida respublika parlamentiga o‘ta olmagan partiyalar tarafdorlarining norozilik namoyishlari boshlandi. Ular parlament saylovlari yakunlarini bekor qilishni va takroriy ovoz berish o‘tkazilishi talabini ilgari surdilar. Dushanba kuni kechqurun mitingni tarqatishga urinish vaqtida norozilik aksiyasi namoyishchilari va kuch tuzilmalari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi.

Kak dva mitinga v sentre Bishkeka obyedinilis v odin - Sputnik O‘zbekiston
Bishkekda Oq uy ishg‘ol qilindi, Atambayevni ozod qilishdi. Hozir nimalar bo‘lyapti - tafsilotlar

6 oktabrga o‘tar kechasi miting ishtirokchilari parlament va prezident administratsiyasi joy olgan Oq uy binosiga bostirib kirishdi. So‘ngra davlat xavfsizlik qo‘mitasi tomon yo‘l oldilar.

Ular mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev va uning safdoshlarini qamoqdan ozod qilishga erishdilar. Seshanba kuni ertalab miting qatnashchilari hukumat binosini qo‘lga olishgani ma’lum bo‘ldi.

Atambayev ishida dalillarni yashirganlikda ayblanib sud qilingan Qirg‘iziston IIV sobiq rahbari Kursan Asanov o‘zini Bishkek komendanti, deya e’lon qildi.

Qirg‘izistonning sobiq deputati Almambet Shikmamatov bosh prokuror lavozimini egallaganini ma’lum qilib, parlamentga o‘tkazilgan saylovlar yakunlarini bekor qildi. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov parlament saylovlari yakunlari bekor qilinishi ehtimolini aytgan. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlarda 590 kishi jabrlandi. Bir nafari halok bo‘lgan.

Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston
Jeenbekov hokimiyatni noqonuniy egallab olishga urinish haqida ma’lum qildi

Qirg‘iziston parlamentiga saylovlar 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. Saylovda 56,5 foiz ovoz beruvchilar ishtirok etishdi. Ovoz berishning dastlabki yakunlariga ko‘ra, mamlakat parlamentiga to‘rtta: "Birimdik" ("Birlik", hukumat partiyasi) 24,52% foiz, "Mekenim Kirgizstan" ("Ona Qirg‘iziston", hukumat partiyasi) 23,89%, "Qirg‘iziston" 8,73% va "Butun Kirgizstan" ("Yagona Qirg‘iziston) partiyasi 7,11% ovoz bilan o‘tgan. Qolgan partiyalar o‘ta olmagan.

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov parlament saylovlari natijalari bekor qilinishi mumkinligini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0