TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 5 oktyabr kuni "Rossiya Federatsiyasining fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisida"gi farmonini imzoladi. Hujjat huquqiy axborot rasmiy internet portalida joylashtirildi.
Unga koʻra, umumiy tartibda (yashash guvohnomasi (VNJ) asosida Rossiya hududida 5 yil yashagan) 137 nafar kishi Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga qabul qilindi.
Prezident farmoni bilan Oʻzbekiston hududida tugʻilgan 19 nafar kishiga Rossiya fuqaroligi berildi.
Shuningdek, AQSH, Afgʻoniston, Armaniston, Argentina, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Belarus, Vyetnam, Germaniya, Gruziya, Irlandiya, Kuba, Moldaviya, Ozarbayjon, Turkiya, Tojikiston, Suriya, Serbiya, Ukraina, Frantsiya, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻizistonda tugʻilgan kishilar Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi.