00:49 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
202 0 0

Oʻzbekiston Qirgʻiziston va uchinchi davlatlar fuqarolarining respublikaga kirishiga chekov joriy etdi. Shu bilan birga,Qirgʻizistonda boʻlgan oʻzbekistonliklar Oʻzbekistonga kirishlari mumkin.

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Qirgʻiziston va uchinchi davlatlar fuqarolarining respublikaga kirishini chekladi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston nashri mamlakat Davlat chegara xizmati matbuot xizmati tayangan holda xabar qilmoqda.

Ushbu chora, bugun, 6 oktyabrdan boshlab kuchga kirgan.

“Shu bilan birga, Oʻzbekiston hududida boʻlgan Qirgʻiziston fuqarolari mamlakatni tark etishlari mumkin, Qirgʻizistonda boʻlgan oʻzbekistonliklar esa Oʻzbekistonga kirishlari mumkin”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, yuk tashish esa cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

Avvalroq Oʻzbekistonning Qirgʻiziston bilan chegarasi odatdagidek ishlayotgani va vaziyat nazorat ostida ekani xabar qilingan edi.

5 oktyabr kuni Bishkekning markaziy Ala-Too maydonida respublika parlamentiga oʻta olmagan partiyalar tarafdorlarining norozilik namoyishlari boshlandi. Oʻsha kuni kechqurun mitingni tarqatishga urinish vaqtida norozilik aktsiyasi namoyishchilari va kuch tuzilmalari oʻrtasida toʻqnashuvlar boshlandi.

Asosiy mavzular