09:36 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
336 0 0

Oila kodeksiga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, 4 nafar va undan ortiq 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan oila koʻp bolali oila hisoblanadi.

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan 8 ta kodeks va 10 ta qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Oila kodeksiga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, 4 nafar va undan ortiq 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan oila koʻp bolali oila hisoblanadi.

Bunda, agar 4 nafar va undan ortiq bolalaridan 1 nafari yoki undan koʻprogʻi taʼlimning kunduzgi shaklida (oʻrta maxsus va kasb-hunar, oliy taʼlim) taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotgan hamda 22 yoshga toʻlmagan boʻlsa, bu oila ham koʻp bolali oila deb hisoblanadi.

Asosiy mavzular