O‘qituvchi va tibbiyot xodimlari uchun grippga qarshi 1 mln dozadan ortiq vaksina sotib olinadi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya ot grippa v Krasnodare
Vaksinatsiya ot grippa v Krasnodare  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Dori-darmon” AJ Rossiyaning grippga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchilari bilan 1 million dozadan ortiq grippga qarshi vaksinani xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzdi.

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘qituvchi va tibbiyot xodimlari uchun grippga qarshi 1 million dozadan ortiq vaksina yetkazib beriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Meditsinskiy rabotnik delayet ukol - Sputnik O‘zbekiston
Oktabrdan boshlab bir milliondan oshiq kontingent emlanadi

Ta’kidlanishicha, “Dori-darmon” AJ Rossiyaning grippga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchilari bilan 1 million dozadan ortiq grippga qarshi vaksinani xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Hozirda “Sovigripp” vaksinasining 250 ming dozasi hududlarga yetkazib berildi.

Bundan tashqari 15-oktabrga qadar 40 ming doza, 30-oktabrga qadar  250 ming doza, noyabr oyida esa 500 ming doza “Flyu-M” vaksinasini yetkazib berish mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2020-yil 26-avgustdagi “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida mamlakatdagi umumiy o‘rta ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining xodimlarini 2020-yil 1-oktabrga qadar bepul grippga qarshi emlash haqidagi taklif ma’qullangan edi.

Yangiliklar lentasi
0