Qaror qabul qilish tartibini buzgan hokimliklar ma’muriy javobgarlikka tortiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. 

Loyiha bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. 

Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Hokimlarning ayrim funksiya va vakolatlari bekor qilindi

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklarining mansabdor shaxslari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron – “E-qaror” tizimi orqali qabul qilinmagan qarorlarni amalga kiritish bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida (1 mln 150 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklarining mansabdor shaxslari tomonidan hududiy adliya organlaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmagan va “E-qaror” tizimi orqali qabul qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlarini amalga kiritish bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 561 ming – 2 mln 230 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha (2 mln 230 ming – 3 mln 345 ming so‘m)miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0