07:55 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
77 0 0

Namangan onkologik markaziga radiatsiya terapiyasi uchun zamonaviy uskunalar va Samarqand davlat universitetining oʻquv laboratoriyalari uchun moslamalar yetkazib beriladi.

TOSHKENT, 7 okt — Sputnik. Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchisi Abat Fayzullayev Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossiga MAGATEda doimiy vakil sifatida ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, texnik hamkorlik loyihalari doirasida Toshkent endokrinologiya institutiga koʻp funktsiyali diagnostika gamma kamerasi yetkazib berildi. Namangan onkologik markaziga radiatsiya terapiyasi uchun zamonaviy uskunalar va Samarqand davlat universitetining oʻquv laboratoriyalari uchun moslamalar yetkazib berish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Uskunalarning narxi qariyb 1 million yevroni tashkil qiladi.

MAGATE bosh direktori Oʻzbekiston yadroviy infratuzilmasini kompleks baholash boʻyicha missiyaga tayyorgarlik koʻrishdagi muvaffaqiyatli hamkorlikni taʼkidlab, mamlakatimizda atom elektr stantsiyasini qurish jarayonida faoliyatning barcha sohalarini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

U Oʻzbekistonda obʼyektlarning yadroviy va radiatsion xavfsizligini taʼminlash borasida koʻp ishlar qilingani, sogʻliqni saqlash sohasida muvaffaqiyatli hamkorlik amalga oshirilayotgani, yadro fani va texnologiyalarini, ayniqsa, respublika qishloq xoʻjaligida keng qoʻllash borasida birgalikda ishlash imkoniyati mavjudligiga eʼtibor qaratdi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning oʻzida MAGATE mamlakatimizga Sovid-19 tarqalishiga qarshi kurashish jarayonida uchta tibbiy muassasaga koronavirusni aniqlaydigan umumiy qiymati 405 ming yevrolik test toʻplamlarini taqdim qilgan edi.

Asosiy mavzular