22:58 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
257 0 0

Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari Bahromjon Nurmatov ogʻir xastalikdan soʻng 56 yoshida vafot etdi.

TOSHKENT, 7 okt — Sputnik. Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari Bahromjon Nurmatov ogʻir xastalikdan soʻng 56 yoshida vafot etdi.

Bahromjon Nurmatov 1964 yilda Namangan viloyatining Namangan tumanida tugʻilgandi. 1986 yilda Toshkent politexnika instituti, 2000 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1986 yili Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 148-xoʻjaliklararo mexanizatsiyalashgan koʻchma kolonnada ustalikdan boshlagandi.

1998–2009yillarda Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 7-mexanizatsiyalashgan koʻchma korxona boshligʻi, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 4-qishloq qurilish kombinati direktori,

Namangan “Jamoa sanoat qurilish” assotsiatsiyasi boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari, raisi, Namangan viloyati hokimligining yagona buyurtmachi-injiniring kompaniyasi direktori lavozimlarida ishlagan.

2009–2016 yillarda Uchqoʻrgʻon tumani hokimi boʻlgan.

2016–2017 yillarda yana viloyat hokimligining Yagona buyurtmachi-injiniring kompaniyasi direktori vazifasini egallagan.

2017 yildan hozirga qadar Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bahromjon Nurmatov 2020 yil 7 oktyabr kuni Toshkent shahridagi klinikalardan birida ogʻir xastalikdan vafot etdi.

Asosiy mavzular