23:41 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
374 0 0

Bundan buyon Uzbekistan Airways yoʻlovchilarga faqat parvoz vaqti kerak boʻladigan buyumlarni salonga olib kirishga ruxsat beradi.

TOSHKENT, 7 okt - Sputnik. Uzbekistan Airways yoʻlovchilar qoʻl yuki borasida yangi cheklovlar kiritdi. 

Xabarda aytilishiga koʻra, bundan buyon yoʻlovchilarga faqat parvoz vaqtida kerak boʻladigan buyumlarni samolyot saloniga olib kirishga ruxsat beriladi. Ushbu choralar koronavirus yuqish xavfini kamaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda. 

Ijtimoiy masofaga amal qilish maqsadida oʻrindiqqa joylashish vaqtini qisqartirish, shuningdek yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolari oʻrtasidagi ortiqcha muloqotni cheklash uchun qoʻl yuklari tashuviga cheklovlar kiritildi. Endilikda, havo kemasi sahniga faqatgina parvoz vaqtida zarur boʻluvchi ayollar sumkasi, portfel, noutbuk, bolalar ashyolai solingan sumkani olib kirish mumkin. Boshqa narsalar esa qatnovga roʻyxatdan oʻtilayotgan vaqtda bagajga topshirilishi shart, - deyilgan xabarda. 

Eʼtiboringizni shu narsaga qaratmoqchimizki, foydalanilmaydigan qoʻl yuki bepul tashish mumkin boʻgan bagajga qoʻshiladi. Yaʼni, belgilangan 8 kg qoʻl yukidan faqatgina 2 kg ni samolyot sahniga olib kirishingiz mumkin boladi. Qolgan 6 kg esa bagaj uchun ruxsat berilgan yuk miqdoriga bepul qoʻshiladi.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda UzAirways samolyotlarida parvoz qilish uchun barcha yoʻlovchilardan parvozdan 72 soatdan koʻp boʻlmagan vaqt ichidan topshirilgan, manfiy natijali PZR tashhisi talab qilinadi. Kasallik beligilari boʻlgan yoʻlovchilar parvozga qoʻyilmaydi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlardan kelgan yoʻlovchilar 2 hafta davomida oʻzini-oʻzi izolyatsiya qilish majburiyatini oladi.  

Asosiy mavzular