21:49 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
69601

Sutka davomida 254 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 59 697 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 7 okt — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 254 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 59 697 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlari - 43 nafari Toshkent shahrida, 39 nafari Toshkent viloyatida, 26 nafari Namangan viloyatida, 10 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 295 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 56 460 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 94 foiz.

Ayni paytda 2 745 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 492 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

“Alpomish” sport majmuasidagi portlash

Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus infektsiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod balloni yorilishi sodir boʻldi. Bosh prokuratura tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini olib borish Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuklatildi.

Tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olindi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 36,0 milliondan oshdi, 1 million 54 mingdan ortiq  kishi vafot etdi, 27,2 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (7,7 mln), Hindistonda (6,8 mln), Braziliyada (5,0 mln).

Asosiy mavzular