00:10 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
59 0 0

Bu yilgi paxta mavsumida yollanma terimchilarga 1 kilogram paxta uchun 1-terimda 1000 soʻmdan, 2-terimda 1400 soʻmdan kam boʻlmasligi kerak va ushbu maoshdan hech qanday soliq olinmaydi. 

TOSHKENT, 8 okt - Sputnik. Paxta terim pulidan soliq olinmaydi. Bu haqida Huquqiy axborot portali Oʻzbekiston Soliq kodeksiga asosan xabar qilmoqda. 

"Soliq kodeksiga muvofiq, paxta yigʻim-terimi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilinadigan jismoniy shaxslarning paxta terish orqali topgan daromadiga soliq solinmaydi. Yaʼni necha kilogramm paxta tergan boʻlsangiz ham, terim uchun berilgan puldan daromad soligʻi olinmaydi", - deyilgan xabarda. 

Huquqiy axbrot portaliga maʼlum boʻlishicha, ayrim hududlarda10 kg paxta terimi pulidan 1 000 soʻm soliq uchun deb ushlab qolishayotgan ekan. Bunga javoban portal yuqoridagi maʼlumotni keltirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston qonunchiligida belgilanishiga koʻra, bu yilgi paxta mavsumida yollanma terimchilarga terim uchun pullar paxtaning kilogrammi uchun 1-terimda 1000 soʻmdan, 2-terimda 1400 soʻmdan kam boʻlmasligi kerak. 

Undan tashqari Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining barcha tumanlarida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qonlikoʻl, Qoraoʻzak, Kegeyli, Qoʻngʻirot, Taxtakoʻpir, Xoʻjayli, Shumanay, Chimboy va Nukus tumanlari, Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Mirishkor, Nishon, Kasbi, Qarshi tumanlarida, shuningdek, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Bandixon, Muzrabot va Sherobod tumanlarida terilgan har bir kilogram paxta uchun Davlat byudjeti hisobidan qoʻshimcha 200 soʻm ustama toʻlanadi. 

Ishchi va ish beruvchi munosabatlari mehnat shartnomasi orqali rasmiylashtirilgan boʻlishi kerak. 

Asosiy mavzular