22:11 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
126 0 0

Reyslar 16 oktyabrda Qozondan, 17 oktyabrda Samaradan va 20 oktyabrda Novosibirskdan Toshkentga amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. Rossiyaning Qozon, Samara va Novosibirsk shaharlaridan Toshkentga qoʻshimcha charter qatnovlari amalga oshiriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Reyslar 2020 yil 16 oktyabrda Qozondan, 17 oktyabrda Samaradan va 20 oktyabrda Novosibirskdan Toshkentga amalga oshiriladi.

Rossiya shaharlaridan Oʻzbekistonga Oʻzbekiston, Rossiya va Qirgʻiziston fuqarolariga PZR tekshiruvidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani (qatnov joʻnashidan oldin kamida 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda amal qiluvchi) majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsat beriladi.

Uzbekistan Airways qoʻl yukiga cheklovlar kiritdi

PZR maʼlumotnomasiga ega boʻlmagan yoʻlovchilar aviakompaniyaning parvozlariga qoʻyilmaydi.

Asosiy mavzular