21:58 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1220)
49120

Rossiyalik infektsionist Tatyana Kalugina qaysi toifadagi COVID-19 bemorlari atrofdagilar uchun oʻta xavfligini aytdi.

TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. Yekaterinburg sogʻliqni saqlash boshqarmasi bosh bolalar infektsionisti Tatyana Kalugina qaysi toifadagi COVID-19 bemorlari atrofdagilar uchun oʻta xavfligini aytdi.

Shifokorning taʼkidlashicha, bunday toifaga koronavirusni yengil boshdan kechiruvchi bemorlar kiradi. Chunki ular ogʻir ahvoldagi bemorlarga qaraganda uzoqroq muddat virus tashuvchilari boʻlishadi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday holat barcha yoshdagi guruhlarda, jumladan, bolalar orasida kuzatilmoqda.

Kaluginaning soʻzlariga koʻra, hozir shahardagi 11-sonli bolalar klinik kasalxonasida 70 foizgacha bolalar kasallikning hech qanday tashqi alomatlarisiz boʻlib turibdi, ammo ularga javob berish mumkin emas. Chunki ular atrofdagilarga virusni yuqtirishlari mumkin.

Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, dunyo boʻylab 36,4 milliondan ziyod kishi koronavirus bilan kasallangan. Virus qurbonlari soni 1 mln 60 mingdan oshgan. Eng koʻp kasallanish AQSH (7,7 mln), Hindiston (6,8 mln), Braziliya (5 mln), Rossiya (1,2 mln) va Kolumbiyada (877 ming) qayd etilgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1220)

Asosiy mavzular