13:16 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
628 0 0

"Pobeda" Samarqand, Buxoro va Fargʻonaga parvozlar amalga oshirish Rosaviatsiyadan uchun rusat oldi. Endi boʻlsa Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi agentligidan ruxsatnoma olishi kerak.  

TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. Rossiya Havo transporti federal agentligi (Rosaviatsiya) “Pobeda” aviakompaniyasiga Oʻzbekistonga parvozlar amalga oshirish uchun ruxsat berdi. Ushbu haqidagi hujjat agentlik rasmiy saytida chop etilgan.

“Ruxsatnoma – bu aviakompaniyaga xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha parvozlar amalga oshirish huquqidir. Ushbu huquqdan aviakompaniya pandemiya tufayli kiritilgan cheklovlar bekor qilinganidan soʻng foydalanishi mumkin”, - deyilgan hujjatda.

Rosaviatsiya Pobeda aviakompaniyasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha parvozlar amalga oshirishga ruxsat bergan:

  • Novosibirsk — Samarqand;
  • Yekaterinburg — Samarqand;
  • Sankt-Peterburg — Buxoro;
  • Moskva — Nukus;
  • Moskva — Buxoro;
  • Qozon— Namangan — Qozon;
  • Yekaterinburg — Namangan — Yekaterinburg;
  • Novosibirsk — Fargʻona;
  • Yekaterinburg — Fargʻona;
  • Moskva — Qarshi;
  • Moskva — Navoi;
  • Moskva — Urganch.

Ushbu parvozlarni amlga oshirish uchun “Pobeda” Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi agentligidan ruxsatnoma olishi kerak.  

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Oʻzbekistondan Rossiya, Belarus, Buyuk Britaniya, Misr, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, BAA, Turkiya, Shvetsiya va Janubiy Koreyaga parvozlar qisman tiklangan.

Parvozlarga faqat 72 soat oldin koronavirusga tPZR tashhisi topshirgan va manfiy natijaga ega boʻlgan yoʻlovchilar qoʻyiladi. Oʻzbekistonga kelgan yoʻlovchilar 2 hafta davomida oʻzini oʻzi yakkalash tartibiga rioya qilishi kerak boʻladi.

Asosiy mavzular