08:12 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
266 0 0

Toshkent metro bekatlari va 1000 dan ortiq avtobuslar - yoʻl haqi toʻlovlarini yagona transport kartalari va NFC bank kartalari orqali amalga oshirish imkoniyatini beruvchi stattsionar validatorlar bilan jihozlangan.

TOSHKENT, 8 okt - Sputnik. Noyabr oyidan boshlab Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish toʻxtatiladi. Bu haqida Oʻzbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu tartib jamoat transportida naqd puldan voz kechish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Yoʻlovchilarning yagona transport kartalari orqali avtomatlashgan yoʻl haqi toʻlovini amalga oshirish tizimining ishlab ketishini tezlashtirish, jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz kechish maqsadida 2020 yil 1 noyabrdan Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish toʻxtatilishini maʼlum qilamiz, - deyilgan rasmiy xabarda.

Bugungi kunda Toshkent metropolitenining barcha liniyalaridagi bekatlar yoʻl haqi toʻlovlarini yagona transport kartalari va NFC bank kartalari orqali amalga oshirish imkoniyatini beruvchi stattsionar validatorlar bilan jihozlangan.

Undan tashqari, “Toshshahartransxizmat” AJga qarashli 1000 dan ortiq avtobuslarning barchasi elektron kartalar orqali toʻlovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi mobil va stattsionar validatorlar bilan toʻliq taʼminlangan.

Eslatib oʻtamiz,2019 yil 25 noyabr oyida Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashishda yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori imzolangan edi. Uning doirasida 2020 yil 3 yanvardan eʼtiboran yagona transport kartalari muomalaga chiqarilgan edi.

 

Asosiy mavzular