O‘zbekistonda koronavirus: 8-oktabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishLechenie bolnix s COVID-19 v SKB "RJD-Meditsina"
Lechenie bolnix s COVID-19 v SKB RJD-Meditsina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 238 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 60 026 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

SARS-CoV-2 virusi ko‘rinishidagi shirinlik, Praga. 
 - Sputnik O‘zbekiston
"Menga bir dona virus": antiqa "Korona" shirinlik

Bir sutka davomida 238 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 60 026  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 107 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 269 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 56 837 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foiz.

Gospital COVID-19 v bolnitse № 122 im. L. G. Sokolova - Sputnik O‘zbekiston
Eng xavfli COVID-19 bemorlari ma’lum qilindi

Ayni paytda 2 693 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 496 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Yangi parvozlar

Rossiya Havo transporti federal agentligi (Rosaviatsiya) “Pobeda” aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvozlar amalga oshirish uchun ruxsat berdi. Pobeda aviakompaniyasi respublikaning Samarqand, Buxoro, Nukus, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Navoiy, Urganch shaharlariga parvozlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Rossiyaning Qozon, Samara va Novosibirsk shaharlaridan Toshkentga qo‘shimcha charter qatnovlarini amalga oshiradi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 36,4 milliondan oshdi, 1 million 60 mingdan ortiq  kishi vafot etdi, 27,4 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (7,8 mln), Hindistonda (6,8 mln), Braziliyada (5,0 mln).

 

Yangiliklar lentasi
0