13:31 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)
608 0 0

Sutka davomida 220 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 60 342 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 220 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 60 342 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlari - 81 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Samarqand viloyatida, 10 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 245 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 57 221 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 95 foiz.

Ayni paytda 2 623 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 498 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Charter qatnov

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan bugun Moskva – Andijon yoʻnalishida charter qatnovi amalga oshirildi. Reys bilan 190 nafar fuqaro respublikaga qaytdi. Aeroport hududida yoʻlovchilar belgilangan sanitariya-epidemiologiya talablariga toʻliq rioya qilingan holda kutib olindi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 36,8 milliondan oshdi, 1 million 66 mingdan ortiq  kishi vafot etdi, 27,7 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (7,8 mln), Hindistonda (6,9 mln), Braziliyada (5,0 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)

Asosiy mavzular