12:28 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)
378 0 0

Yana 10 hududda 118 kishida korovirus aniqlandi. Shundan 32 nafari Namangan viloyatida. Jami qurbonlar soni 503 nafarga yetdi.

TOSHKENT, 11 okt — Sputnik. Oʻtgan tun davomida Oʻzbekistonda yana 118 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 60 894 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning:

  • 32 nafari Namangan viloyatida;
  • 15 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 13 nafari Toshkent viloyatida;
  • 11 nafari Samarqand viloyatida;
  • 11 nafari Buxoro viloyatida;
  • 10 nafari Xorazm viloyatida;
  • 8 nafari Jizzax viloyatida;
  • 7 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 6 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida;
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni – 503.

Shu paytga qadar 57 704 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sogʻaygan. Hozir mamlakatda 2 687 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)

Asosiy mavzular