18:08 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
179 0 0

Saʼdullo Hakimov vatan va yurt oldidagi xizmatlari uchun “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, “Mehnat shuhrati”ordeni bilan taqdirlangan.

TOSHKENT, 11 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi, jurnalist va shoir Saʼdulla Hakimov 69 yoshida vafot etdi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar berdi.

Saʼdulla Hakimov 1951 yil 25 martda Jizzax viloyatining Forish tumanida tugʻilgan.

1977 yili Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Gʻallaorol tumanida oʻqituvchilikdan boshlagan. Oʻzbekistonda sotsial taʼminot” jurnali masʼul kotibi, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi boʻlim mudiri, “Oʻzbekiston ovozi” gazetasi boʻlim mudiri, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi masʼul kotibi, “Maʼrifat” gazetasi bosh muharriri, Oʻzbekiston prezidenti devoni Axborot markazi rahbarining oʻrinbosari, rahbari, Oʻzbekiston prezidentining Jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha Davlat maslahatchisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining oʻrinbosari, “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi bosh direktori, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi bosh muharriri lavozimlarida ishlagan.

2016 yilning 29 dekabridan Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi lavozimida ishlab keldi.

Saʼdullo Hakimov vatan va yurt oldidagi xizmatlari uchun “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni (2002 yil), “Mehnat shuhrati”ordeni (2019 yil) bilan taqdirlangan.

Asosiy mavzular