O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 61,2 mingdan oshdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishGospital COVID-19 v GKB № 52
Gospital COVID-19 v GKB № 52 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan tunda yana 107 kishining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi. Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 507 nafarga yetdi.

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 107 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 61 205 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning:

  • 40 nafari Toshkent shahrida;
  • 18 nafari Namangan viloyatida;
  • 14 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 10 nafari Jizzax viloyatida;
  • 8 nafari Samarqand viloyatida;
  • 7 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 4 nafari Toshkent viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 507 nafarga yetdi.

Ayni paytda 58 069 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan. Hozirda mamlakatda 2 629 nafar bemor davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0