Koronavirusning smartfon ekranlari va kupuralardagi yashash muddati aytildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishVilet inostrannix grajdan iz Moskvi v Nyu-York i Nur-Sultan
Vilet inostrannix grajdan iz Moskvi v Nyu-York i Nur-Sultan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avstraliyalik olimlar koronavirus smartfon, pul kupuralari va metall tutqichlar yuzasida bir oygacha qolishi mumkinligi haqidagi xulosaga kelishdi.

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Koronavirus infeksiyasi smartfon, pul kupuralari va metall tutqichlar yuzasida bir oygacha qolishi mumkin. Avstraliyalik olimlarning tadqiqot natijalari “Virology Journal” jurnalida chop qilindi.

V Kazani zapustili proyekt po razrabotke vaksini ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusning yangi belgilari aytildi

Qayd etilishicha, telefon ekranlari eng ko‘p xavf tug‘dirar ekan, chunki odamlar qo‘ldan farqli o‘laroq ularni muntazam dezinfeksiya qilishni unutib qo‘yishadi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, koronavirus silliq yuzalarda, jumladan, telefonlarda, xona haroratida 28 kun yashashi mumkin.

Ta’kidlanishicha, g‘ovak bo‘lmagan sathlar eng xavfli sanaladi, masalan, smartfon ekranlaridagi oynalar, qog‘oz va polimer kupuralar, zanglamaydigan po‘lat buyumlari.

Ular sathida SARS-CoV-2  20°S haroratda bir oygacha yashashi mumkin, 30°S dan yuqori haroratda esa uch haftagacha yashashi mumkin. 40°S haroratda esa virus atigi bir necha kun tirik qolishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0