13:26 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
156 0 0

Sud maxsus musodara qilishni qoʻllash vaqtida musodara qilinadigan mol-mulkni aniq koʻrsatishi lozim boʻladi.

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Jinoyat kodeksini “Mulkiy yoʻsindagi majburlov choralari” bilan toʻldirish taklif qilmoqda. Tegishli qonun loyihasi muhokamaga qoʻyilgan.

Maxsus musodara qilish tarzidagi mulkiy yoʻsindagi majburlov choralari sudning hukmi yoki ajrimiga asosan haq toʻlamaslik sharti bilan olib qoʻyish va davlat foydasiga oʻtkazish maqsadida quyidagi mol-mulklarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.

Bunday mol-mulklar jumlasiga:

  • jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk, shuningdek ushbu mol-mulkdan foydalanish orqali olingan har qanday foyda yoki naf;
  • jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk toʻliq yoki qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoxud oʻzgartirilgan yoki qonuniy manbalar hisobidan olingan mol-mulkka qoʻshilgan pul mablagʻlar va boshqa mol-mulk;
  • ekstremistik yoki terrorchilik faoliyatini, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni yoxud uyushgan jinoiy guruh yoki jinoiy uyushmani moliyalashtirish yoki boshqacha tarzda taʼminlash uchun moʻljallangan yoki foydalaniladigan pul mablagʻlar va boshqa mol-mulk;
  • jinoyat sodir etish quroli, narsalar, uskunalar yoki boshqa vositalar kiritiladi.

Jinoyat sodir etish natijasida olingan va jinoyat sodir etgan shaxs tomonidan boshqa shaxslarning egaligiga oʻtkazilgan mol-mulk ham musodara qilinadi.

Baxadыr Ismailov, nachalnik nauchno-obrazovatelnogo tsentra protivodeystvii korruptsii Akademii Genprokuraturы RUz
© Foto : Iz lichnogo arxiva Baxadыra Ismailova

Jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablagʻlari va mol-mulk toʻliq yoki qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoxud oʻzgartirilgan yoki qonuniy manbalar hisobidan olingan mol-mulkka qoʻshilgan yoki boshqa shaxslar egaligiga oʻtkazilgan boʻlsa, maxsus musodara qilish jinoyat sodir etish natijasida olingan mol-mulk qismiga nisbatan qoʻllaniladi.

Sud maxsus musodara qilishni qoʻllash vaqtida musodara qilinadigan mol-mulkni aniq koʻrsatishi lozim boʻladi.

Maxsus musodara qilish Vazirlar mahkamasi tomonidan belgilanadigan, undiruvga qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulkka nisbatan qoʻllanilmaydi.

Qonun loyihasi 22 oktyabrga qadar muhokama qilinadi.

Asosiy mavzular