22:08 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1220)
60910

Sutka davomida 221 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 61 319 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 221 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 61 319  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlari - 102 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 237 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 58 306 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 95 foiz.

Ayni paytda 2 504 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 509 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Qoʻshimcha qatnov

Rossiya hududidan fuqarolarni olib chiqish uchun qoʻshimcha poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyildi.

Poyezdlar 483/484 raqamlar ostida "Voljskiy - Toshkent" yoʻnalishida Voljskiy bekatidan 11, 12, 15, 18, 22, 25, 28 oktyabr va 1, 2 noyabr kunlari yoʻlga chiqadi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 37,7 milliondan oshdi, 1 million 81 mingdan ortiq  kishi vafot etdi, 28,3 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (7,9 mln), Hindistonda (7,1 mln), Braziliyada (5,0 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1220)

Asosiy mavzular