TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 115 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 61 534 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
Yangi kasallanganlarning:
- 55 nafari Toshkent shahrida;
- 14 nafari Namangan viloyatida;
- 13 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 10 nafari Jizzax viloyatida;
- 10 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 4 nafari Navoiy viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 510 kishini tashkil etmoqda.
Shu paytga qadar 58 427 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2 597 nafar davolanmoqda.