12:43 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
76 0 0

"Oʻzbekkino" buyurtmasiga asosan korruptsiya illatining salbiy xususiyatlari haqida 10 seriyali multfilm ustida ish boshldandi.

TOSHKENT, 13 okt - Sputnik. "Oʻzbekkino" Milliy agentligi korruptsiyaga bagʻishlangan multserial ustida ish boshlaganini xabar qildi. 

Xabarda aytilishiga koʻra, "Dino va Zavr" nomli animatsion serial "Futurist MG" studiyasi tomonidan suratga olinmoqda. 

Ushbu multfilmda «korruptsiya» bosh mavzu qilib olingan boʻlib, voqealar rivoji keksa boboning tilidan hikoya qilinadi. Asosiy qahramonlar esa dinozavrlar oilasiga mansub Dino va Zavr ismli personajlar.

Qahramonlardan biri Dino animatsion serial davomida poraxoʻr rolida gavdalanadi. "Dino va Zavr" multserialining har bir qismi kichik tomoshabin uchun ibrat boʻla oladigan yakun bilan tugallanadi.

Multserial 10 qismdan iborat boʻlib, 3-10 yoshli bolalar auditoriyasiga moʻljallangan.

Asosiy mavzular