Akademik Shavkat Akmalxonov vafot etdi

Obuna bo‘lish
Chorvachilik sohasi rivojlanishida o‘zining katta hissasini qo‘shgan zabardast va buyuk olim Shavkat Akmalxonov vafot etdi.

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Chorvachilik sohasi rivojlanishida o‘zining katta hissasini qo‘shgan zabardast va buyuk olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, akademik Shavkat Akmalxonov 2020-yil 11-oktabrda 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Akmalxonov Shavkat Asamovich 1933-yil 18-avgust kuni Toshkent shahrida ziyoliylar oilasida tavallud topgan. 1956-yili Samarqand qishloq xo‘jalik institutini olim zootexnik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Predsedatel pravleniya Tvorcheskogo soyuza jurnalistov Uzbekistana, jurnalist i poet Sa’dulla Xakimov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakimov vafot etdi

1956-1958 yillar mobaynida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani moddiy-texnik ta’minoti tashkilotida zootexnik lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan. 1958-1961 yillarda O‘zbekiston chorvachilik ilmiy-tadqiqot institutining aspirantura bo‘limiga o‘qishga kirgan.

1961-1963 yillarda shu institutda katta ilmiy xodim, 1963-1984 yillar mobaynida institut direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha muovini, 1984-1990 yillar mobaynida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi akademiyasi vitse-prezidenti bo‘lib ishlagan. 1990-2006 yillarda “Plemelita” ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi O‘zbekiston chorvachilik ilmiy-tadqiqot institutining Sut ishlab chiqarish va qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirish laboratoriyasi mudiri bo‘lgan. 2006-2014 yillarda loyiha rahbari bo‘lib ishlagan.

2014 yildan hozirgi vaqtgacha institutda yetakchi ilmiy xodim sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0