00:45 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
67710

Gʻarbning yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan vaktsinalar birin-ketin muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgan vaqtda - Rossiya vaktsinasiga qarshi keskin kurash ketmoqda.

TOSHKENT, 13 okt – Sputnik. Gʻarbda COVID-19ga qarshi kurash oʻrniga Rossiya vaktsinasiga qarshi kurash ketmoqda, deydi Rossiya Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar fondi (RFPI) direktori Kirill Dmitriyev CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Dmitriyev bir necha oydan buyon Gʻarb Rossiyaga nisbatan bir birga qarama-qarshi mazmunda boʻlgan turli ayblovlar aytib kelayotganini qayd etdi.

Xususan, dastlab “Rossiyada barcha milliarderlar emlandi” deb ayblashgan boʻlsa, endi “Rossiyada barchani vaktsina olishga majburlashmoqda” deb ayblashmoqda. Vaktsina yaratishda qandaydir siyosiy bosim boʻlgan boʻlsa – bu Gʻarb tomonidan amalga oshirilgan bosim boʻldi, - deydi - RFPI direktori.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Rossiyada ishlab chiqilgan “Sputnik V” yakuniy bosqich klinik sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtmoqda. Vaktsina 100 % immunitet berishi bilan birga, uning salbiy taʼsiri qayd etilgani yoʻq.

Gʻarb kompaniyalari tomonidan yaratilgan vaktsinalar esa birin ketin muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda.

Xususan, Astra Zeneca kompaniyasi tomonidan yaratilgan vaktsiyana sinov vaqtida jiddiy salbiy oqibatlari kuzatilgani tufayli toʻxtatilgan.

Bugun olingan xabarga koʻra, Johnson & Johnson kompaniyasi ham oʻz vaktsinasi sinovlarini toʻxtatgan. Sinovda ishtirok etayotganlardan birida “nomaʼlum kasallik” qayd etilgan. Kompaniya bu borada batafsil izoh bermagan, lekin vaktsina sinovlarini toʻxtatgan.

Pul bilan hal qilib boʻlmaydigan ish – nega Amerika vaktsinasiz qoldi?

 

Asosiy mavzular