TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. 15 oktyabrdan Toshkentda isitish mavsumi boshlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Taʼkidlanishicha, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasida 2020-2021 yillardagi isitish mavsumini boshlash masalasi deputatlar tomonidan atroflicha koʻrib chiqildi.
Toshkentda issiqlik taʼminotiga haq toʻlash tartibi oʻzgartiriladi
Kengash qaroriga koʻra, 15 oktyabrdan Toshkent shahridagi ijtimoiy obʼyektlarga, 17 oktyabrdan koʻp qavatli xonadonlarga issiqlik taʼminoti yetkazib beriladi.