TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Dubay amirligining taxt vorisi Shayx Hamdan bin Muhammad Al Maktum navbatdagi lochin ovini uyushtirdi. Bu haqda Instagram sahifasida video lavhani joylashtirdi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Shahzoda odatda lochin ovini Navoiy viloyatida amalga oshiradi. U har yili Oʻzbekistonga ov qilish maqsadida keladi. Shahzoda boshchiligidagi delegatsiya lochinlar bilan tuvaloqlarni ovlaydi.
Oʻtgan yilda al-Maktum 31 oktyabr kuni Dubaydan Toshkentga uchib kelgandi.