TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 121 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 61 859 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Yangi kasallanganlarning:
- 64 nafari Toshkent shahrida;
- 16 nafari Namangan viloyatida;
- 11 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 8 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 6 nafari Samarqand viloyatida;
- 5 nafari Xorazm viloyatida orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlari soni 512 kishini tashkil etmoqda.
Shu paytga qadar 58 763 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2 584 nafar bemor davolanmoqda.