23:42 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
265 0 0

2021/2022 oʻquv yilida tajriba-sinov tariqasida shaharlarda va Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan maktablarda inklyuziv taʼlim joriy qilinadi.

TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. Oʻzbekiston maktablarida inklyuziv taʼlim joriy qilinadi. Bu prezidentning tegishli qarorida koʻzda tutilgan.

Qaror bilan 2020-2025 yillarda xalq taʼlimi tizimida inklyuziv taʼlimni rivojlantirish kontseptsiyasi va uni 2020-2021 yillarda amalga oshirish boʻyicha "yoʻl xaritasi" tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, 2021/2022 oʻquv yilida tajriba-sinov tariqasida:

  • shaharlarda va Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan maktablarda inklyuziv taʼlim joriy qilinadi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bittadan maktabda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich tayanch korrektsion sinflar ochiladi;
  • Qashqadaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida joylashgan bittadan kasb-hunar maktabida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hamda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan guruhlar tashkil etiladi.

Shuningdek, 2021/2022 oʻquv yilidan:

- ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida majburiy oʻrta taʼlim 11 yillik (intellektual rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 9 yillik) muddatda amalga oshiriladi;

- ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining 10-11 sinf (intellektual rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 8-9 sinf) oʻquvchilari uchun kasbga oʻqitish kurslari tashkil etiladi va bitiruvchilarga sertifikat beriladi.

2021 yil 1 yanvardan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining rahbar xodimlariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda toʻlanadigan ustama haqi bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida toʻlanadi.

Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi qoshida uning belgilangan shtat birliklari doirasida “Inklyuziv taʼlim laboratoriyasi” tashkil etiladi.

Mazkur laboratoriyaning asosiy vazifalaridan biri maktablarda inklyuziv taʼlim uchun shart-sharoitlar yaratish, inklyuziv taʼlim berishning sifati va samaradorligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish hisoblanadi.

Asosiy mavzular