Mamlakatlarimiz yaqin hamkorlikda ishlashi uchun yana bir imkoniyat paydo bo‘ldi - Turdenev

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPosol RF v Uzbekistane Vladimir Turdenev
Posol RF v Uzbekistane Vladimir Turdenev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston xalqaro maydonda, an’anaviy tarzda, bir-biriga mos yoki yaqin pozitsiyalarda harakat qilishadi - Rossiya elchisi.

TOShKENT, 14 okt - Sputnik. O‘zbekistonning BMT Inson huquqlari Kengashiga a’zo bo‘lishi - bu xalqaro maydonda yaqin hamkorlikda ishlash uchun yana bir qo‘shimcha imkoniyatdir, dedi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev Dunyo axborot agentligiga

"Mamlakatlarimiz xalqaro maydonda, ayniqsa, BMT doirasida an’anaviy tarzda bir-biriga mos yoki yaqin pozitsiyalarda harakat qilishadi. Moskva ham, Toshkent ham BMT nizomida belgilangan maqsadlar va tamoyillarga muvofiq ravishda teng va o‘zaro hurmat asosida hamkorlik qilish tarafdoridir", - dedi Rossiya elchisi. 

Turdenev so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Inson huquqlari bo‘yicha kengashni BMT tizimidagi asosiy organ , deb hisoblaydi.

Shuningdek elchi, O‘zbekiston va boshqa sherik mamlakatlar bilan birga Kengashni butun dunyo bo‘ylab inson huquqlarini rag‘batlantirishi va himoya qilishning samarali vositasiga aylantirishiga hamda Kengash faoliyati universallik, tanlanmaslik, xolislik, inson huquqlarining barcha toifalariga teng munosabat, madaniy va sivilizatsion xilma-xillikka  va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslanishiga umid bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 13 oktabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi yalpi majlisida O‘zbekiston 2021-2023 yillarga BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylangan edi. 

Yangiliklar lentasi
0