22:44 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
243 0 0

Alisher Shodmonovning soʻzlariga koʻra, hammani koronavirusdan zararlanganda qanday qilib undan tez va oson qutulish mumkin degan savol qiynamoqda.

TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Sirdaryo viloyati Oqoltin tuman hokimligida qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari shifokorlari, mahalla faollari va aholi vakillari bilan uchrashdi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga koʻra, tadbirda aholini toʻgʻri ovqatlanish, jismoniy faoligini oshirish uchun qanday ishlarni amalga oshirish zarurligi, ushbu amallarning sogʻlom hayotga qaytarishdagi samarasi borasida soʻz bordi.

SSV rahbarining soʻzlariga koʻra, koronavirus infektsiyasi kishilarning sogʻligʻi, hayotiga xavf solayotgan bir paytda hammani virusdan zararlanganda qanday qilib undan tez va oson qutulish mumkin degan savol qiynamoqda.

“Muammoning yagona va eng samarali yechimi sogʻlom turmush tarziga amal qilishdir. Bu nafaqat virusdan himoyalanish, balki uzoq va baxtli hayot kechirishning ham eng asosiy qoidasi, talabi hisoblanadi. Kasallikning kuchli asoratlari va oʻlim holatlari asosan yurak qon-tomir kasalliklari, qandli diabet, oʻpkaning surunkali kasalliklari boʻlgan yoki ortiqcha vaznga ega boʻlgan, tamaki va alkogol mahsulotlarini isteʼmol qilgan, kamharakat insonlarda uchramoqda. Shuni unutmasligimiz kerakki, kasallikning yengil kechishi yoshga bogʻliq emas, katta yoshda boʻlsa ham  toʻgʻri ovqatlanadigan, jismoniy faol boʻlgan, semizligi va diabeti boʻlmagan insonlarda kasallik ancha yengil kechadi”, - dedi Shodmonov.

Vazir sogʻlom turmush tarzining asosi esa, jismoniy faollik va toʻgʻri ovqatlanish ekanini taʼkidladi.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, inson kuniga 5-7 kilometr yursa, qon tomir kasalliklari, yurak xuruji, insult kabi xastaliklardan butunlay yiroq boʻladi. Ortiqcha vazn esa, kasalliklar uyasidir.

Taʼkidlanishicha, Oqoltin tajribasi asosida aholini koʻproq yurishga, toʻgʻri ovqatlanish qoidalariga amal qilishlariga odatlantiraladi. Avvalo, ularning jismoniy holatini aniqlab olish uchun aholi vakillarining boʻyi, vazni, bel aylanasi oʻlchanib, tibbiy varaqalarida qayd etiladi. Har bir mahallada aniq belgilangan bir vaqtda oʻzaro masofa saqlagan holda keksayu yoshlarni yurish marofoniga chorlanadi. Odamlar buning foydasini tushunib yetgachgina har kuni uzoq masofaga yurish, toʻgʻri ovqatlanishni odatga aylantiradi.

Shuningdek, mahallalar oʻrtasida “Eng sogʻlom mahalla”,  “Eng sogʻlom koʻcha” tanlovlari oʻtkazilib, oʻz salomatligiga befarq boʻlmagan fuqarolarga turli  ragʻbatlantirish mukofotlari taqdim etiladi.

Asosiy mavzular