TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Bugun, 15 oktyabr kunidan Angren – Olmaliq – Samarqand yoʻnalishida muntazam avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Angren – Olmaliq – Samarqand yoʻnalishidagi ilk avtobus soat 9:00 da Angren avtostantsiyasidan harakatlanishni boshladi. Soat 10:00 da esa avtobus Olmaliq avtostantsiyasidan Samarqand shahri tomon yoʻlga chiqdi. Qatnov Bekobod shahri orqali amalga oshiriladi.
Angrendan Samarqandgacha yoʻlkira narxi 50 000 soʻm etib belgilangan. Olmaliqdan Samarqadgacha esa 45 000 soʻm.