TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari Oʻzbekistonga COVID-19 ga qarshi kurashish maqsadida 7 tonna insonparvarlik yordamini yubordi.
“Dunyo” AA xabariga koʻra, gumanitar yuk tarkibiga sunʼiy nafas oldirish jihozlari, kislorod kontsentratorlari, PZR-laboratoriyalari va ekspress test-tizimlar hamda yordamchi tibbiy asbob-uskunalar kiritilgan.
BAA Oʻzbekistonga 8 tonnalik insonparvarlik yordamini joʻnatdi
Tibbiy yuk Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga mamlakatimizning barcha mintaqalarida tarqatish uchun topshiriladi.
BAA Oʻzbekistonga COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish uchun moʻljallangan tibbiy mahsulotlarni toʻrtinchi bor taqdim etmoqda.