Buzg‘unchi: "Afrosiyob" poyezdi yo‘liga tosh qo‘yib ketgan shaxs aniqlandi

Obuna bo‘lish
"Qarshi-Samarqand-Toshkent" yo‘nalishi harakatlanayotgan "Afrosiyob" tez yurar poyezdi yo‘liga buzg‘unchilik maqsadida tosh qo‘ygan shaxs aniqlandi.

TOShKENT, 16 okt - Sputnik. Samarqand viloyatida Afrosiyob tezurar poyezdi harakatlanadigan temiryo‘l iziga tosh qo‘yib ketgan shaxs aniqlandi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, 12 oktabr kuni IIBning Transport xavfsizlik bo‘limiga "Afrosiyob" tez yurar poyezdi "Qarshi-Samarqand-Toshkent" yo‘nalishi harakatlanayotgan vaqtda “Gumbaz-Maroqand” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida 3.741 km 7 piketida temir yo‘l izida tosh qo‘yilganligi haqida xabar kelib tushgan.

XTBB YPKB tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv natijasida tosh bo‘lagi qo‘ygan shaxs 1980-yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani "Jovulqosim" qishlog‘ida yashovchi fuqaro N.Sh. ekanligi aniqlangan. 

Ayni damda surishtiruv ishlari davom etmoqda. Gumondorning aybi tasdiqlangan taqdirda unga nisbatan jiddiy javobgarlik chorasi belgilanishi mumkin.

© GUVDUVD poymali cheloveka, kotoriy podlojil kamen na puti dvijeniya poyezda "Afrosiab"
Buzg‘unchi: Afrosiyob poyezdi yo‘liga tosh qo‘yib ketgan shaxs aniqlandi - Sputnik O‘zbekiston
UVD poymali cheloveka, kotoriy podlojil kamen na puti dvijeniya poyezda "Afrosiab"
Yangiliklar lentasi
0