23:09 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
39610

Sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot yetishtirish koʻpaytiriladi. Prezident qarori qabul qilindi.

TOSHKENT, 16 okt — Sputnik. Sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot yetishtirish koʻpaytiriladi.

“Sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasiga (Uyushma) har yili 1 iyunga qadar avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylashtirish boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vazirligiga takliflar kiritish huquqi berildi.

Avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlari Uyushma taklifiga muvofiq paxta va gʻalla maydonlaridan qisqartirilgan, foydalanishga kiritiladigan, zaxiradagi yerlar, shuningdek, takroriy ekin sifatida gʻalladan boʻshaydigan va boshqa yer maydonlariga joylashtiriladi.

Qaror bilan 2021-2022 yillar hosili uchun avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini turlari boʻyicha yetishtirish hajmlari tasdiqlandi.

Shunga koʻra, belgilangan yillarda respublika boʻyicha quyidagi hajmda avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlari yetishtirish nazarda tutilgan:

- fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalarida:

▪ 2021 yilda 1 728 553 tonna;

▪ 2022 yilda 1 846 924 tonna.

- dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa maydonlarida:

▪2021 yilda jami 2 286 732 tonna;

▪ 2022 yilda 2 413 855 tonna.

Asosiy mavzular