00:47 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
310 0 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ichki ishlar vazirligi YHXBB uch oy ichida 30 ta Equinox, 40 ta Cobalt, 17 ta Malibu-2 sotib olgani maʼlum boʻldi” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

TOSHKENT, 18 okt — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi YHXBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.

Xabarda yozilishicha, 28 mlrd soʻmga 133 ta emas, balki 18 mlrd 789 mln 813 ming soʻmga 81 ta transport vositasi sotib olingan.

Maʼlum qilinishicha, haqiqatdan ham boshqarma tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida:

  • 15 ta Equinox AT;
  • 20 ta Cobalt GS/16MTB;
  • 13 ta Lacetti 1,5 (L-Comfort Plus);
  • 1 ta Lacetti 1,5 (L-Elegant/AT Plus);
  • 2 ta Volkswagen Caddy (Trendline);
  • 14 ta SAZ HC-40 avtobusi;
  • 16 ta Malibu-2 avtomobil sotib olingan.

“Ushbu avtotransport vositalari faqat xizmat vazifalarni bajarish maqsadida xarid qilinganligini maʼlum qilamiz”, — deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular