20:52 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
345 0 0

Umumiy reytingda Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti yetakchi oʻrinlarni qayd etgan.

TOSHKENT, 18 okt — Sputnik. Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi respublika OTMlarining milliy reytingini eʼlon qildi. 

Qayd etilishicha, fevral-iyun oylarida respublikaning 57ta oliy taʼlim muassasalari (filiallari bilan birga) faoliyati tahlil qilingan va 2020 yil 1 yanvar holatiga ularning reyting natijalari tayyorlangan.

Gumanitar va iqtisodiy sohada Oʻzbekiston milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti yetakchi oʻrinlarni egalladi.

Nukus davlat pedagogika instituti, Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Guliston davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti kabilar esa soʻnggi oʻrinlarga joylashdi.

Shuningdek, ushbu sohada Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti avvalgi yilga nisbatan yuqori pogʻonalarga koʻtarilgan.

Abituriyentlar eng koʻp tanlagan OTMlar maʼlum qilindi

Texnika va qishloq xoʻjaligi sohasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari instituti yetakchi oʻrinlarni egalladi.

Andijon mashinasozlik instituti, Buxoro muhandislik texnologiya instituti, Samarqand veterinariya tibbiyot instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti quyi oʻrinlardan joy oldi.

Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti kabi OTMlar avvalgi yilga nisbatan yuqori pogʻonalarga koʻtarilgan.

Tibbiyot sohasida Toshkent stomatologiya instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Buxoro davlat tibbiyot instituti yetakchi oʻrinlarni egalladi. Buxoro davlat tibbiyot instituti oʻtgan yilgi reytingdagi 16-oʻrindan yuqoriga koʻtarilib, 12-oʻringa chiqdi.

Toshkent farmatsevtika instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti esa soʻnggi oʻrinlarni egalladi.

Madaniyat, sanʼat va sport sohasida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti yetakchi oʻrinlarga joylashdi. Mazkur OTMlar dastlabki reytinglarda eng oxirgi 10talikka tushgan edi. Joriy reytingda ular mos ravishda 29- va 32-oʻrinlarga koʻtarilgan.

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi sohada soʻnggi oʻrinni egalladi.

Umumiy reytingda Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti yetakchi oʻrinlarni qayd etgan.

Nukus davlat pedagogika instituti, Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Guliston davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti soʻnggi oʻrinlarda qolmoqda.

Asosiy mavzular