17:47 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
359 0 0

Ketma-ket uch yildan buyon qiz bolalar uchun tanlangan Soliha ismi oʻzbekistonliklar orasida ommabop boʻlib kelmoqda.

TOSHKENT, 18 okt — Sputnik. Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati Oʻzbekistonda 2020 yilning 9 oyi davomida yangi tugʻilgan chaqaloqlarga koʻproq qanday ismlar qoʻyilganini maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, chaqaloqlarga eng koʻp Soliha va Muhammadali ismi berilgan. 1 601 nafar qiz chaqaloqqa Soliha ismi, 1 582 nafar oʻgʻil bola uchun Muhammadali ismi tanlangan.

Qayd etish joizki, Oʻzbekistonda 2019 yilda ham yangi tugʻilgan oʻgʻil bolalarga Muhammadali ismi, qizlarga esa Soliha ismi eng koʻp qoʻyilgan edi. Bundan tashqari, 2018 yilda chaqaloqlarga asosan Mustafo va Soliha ismlari berilgan. 2017 yilda esa chaqaloqlarga qoʻyilgan eng ommaviy ismlar – Madina va Azizbek boʻlgan.

Asosiy mavzular