18:03 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1221)
212 0 0

Oʻtgan tun davomida yana 129 kishida koronavirus aniqlandi, bir kishi esa vafot etdi. Jami qurbonlar soni 525 nafarni tashkil etmoqda.

TOSHKENT, 18 okt — Sputnik. Oʻtgan tun davomida Oʻzbekistonda yana 129 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 63 124 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 29 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Toshkent viloyatida, 7 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 9 nafari Andijon viloyatida, 19 nafari Jizzax viloyatida, 14 nafari Namangan viloyatida, 10 nafari Sirdaryo viloyatida, 11 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 525 nafarni tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 60 080 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 2 519 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1221)
Teglar:
Oʻzbekiston, koronavirus

Asosiy mavzular